Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, soliq auditini o'tkazish muddati ikki oygacha, alohida hollarda esa — uch oygacha uzaytirilishi mumkin.
Soliq auditini o'tkazish muddatini uzaytirish asoslari va tartibini O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi belgilaydi.
Soliq organining rahbari (rahbar o'rinbosari) soliq auditi o'tkazilishini quyidagilar uchun ham uzaytirishga haqli:
1) ushbu Kodeksning 146-moddasi birinchi qismiga muvofiq hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish;
2) chet el davlat organlaridan O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida axborot olish;
3) ekspertizalar o'tkazish;
4) chet tilida taqdim etilgan hujjatlarni tarjima qilish.
Soliq auditi muddatini ushbu moddaning uchinchi qismi 1-bandida ko'rsatilgan asos bo'yicha uzaytirishga hujjatlar talab qilinayotgan har bir shaxs bo'yicha ko'pi bilan bir marta yo'l qo'yiladi.
Soliq auditi muddatini uzaytirish soliq tekshiruvini o'tkazayotgan soliq organi rahbarining (rahbari o'rinbosarining) tegishli buyrug'i bilan rasmiylashtiriladi.
Soliq auditining umumiy muddati olti oydan oshishi mumkin emas.
Soliq auditini o'tkazish muddati o'tkazilgan soliq auditi to'g'risida dalolatnoma tuzilgan (imzolangan) kunda tugaydi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
142-modda. Soliq auditini o'tkazish muddatini uzaytirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.