Urban Planning Code

69-modda. Qishloq xo'jaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar

Aholi punktlarining chegaralari chizig'i doirasida haydaladigan yerlar, bog'lar, tokzorlar, polizlar, pichanzorlar, yaylovlar va boshqa yer maydonlari, shuningdek qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan binolar va inshootlar egallab turgan, qishloq xo'jaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar ajratiladi. Mazkur zonalarning hududlaridan foydalanish turi aholi punktining bosh rejasiga va qurish qoidalariga muvofiq o'zgartirilguniga qadar bu hududlardan qishloq xo'jaligini yuritish maqsadida foydalanilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.