Urban Planning Code

60-modda. Loyiha hujjatlari

Loyiha hujjatlari quyidagilardan iborat: ishchi loyiha; loyiha-smeta hujjatlari; ishchi hujjatlar. Loyiha hujjatlari hajmiy-rejali, amaliy va texnikaviy yechimlarni, binolarni, inshootlarni va ularning majmualarini qurish, rekonstruktsiya qilish hamda mukammal ta'mirlashning, shuningdek obodonlashtirish ishlarining qiymatini belgilaydi. Loyiha hujjatlari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqiladi, maxsus vakolatli davlat organining tegishli hududiy bo'linmalari, sanitariya-epidemiologiya xizmatlari, davlat yong'in nazorati organlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari va boshqa xizmatlar bilan kelishiladi. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, moliyalashtirish, tasdiqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilash, shuningdek ularga o'zgartirishlar kiritish buyurtmachining tashabbusiga ko'ra hamda uning hisobidan amalga oshiriladi. Ob'yektlar qurilishi tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.