Aholi punktining bosh rejasida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi:
aholi punkti hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda aholi soni prognozini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari;
hududlarning zonalashtirilishi va ularni qurish navbati;
aholi punkti hududini tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta'siridan muhofaza qilish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari;
aholi punktining qurilgan va qurilmagan hududi nisbati;
aholi punktini rivojlantirish uchun zaxira hududlar;
aholi punktining chegaralari;
aholi punkti hududini rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.
Shaharning bosh rejasi va shahar atrofi zonasini rejalashtirish loyihasi chegaradosh hududlarning ijro etuvchi hokimiyat organlari o'rtasidagi kelishuv asosida yagona hujjat sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
O'rtacha va kichik shaharchalarning, shuningdek qishloqlar va ovullarning bosh rejalarini ishlab chiqish batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish bilan birga yagona hujjat sifatida qo'shib bajarilishi mumkin.
Hududida madaniy meros ob'yektlari bo'lgan aholi punktining bosh rejasi ishlab chiqilayotganda aholi punktining tarixiy-arxitektura rejasi va madaniy meros ob'yektlarining muhofaza zonalari inobatga olinadi.
Aholi punktining bosh rejasi yigirma — yigirma besh yillik hisob-kitob muddatiga mo'ljallanib ishlab chiqiladi. Aholi punktining bosh rejasi u to'liq amalga oshirilguniga qadar yoki yangi bosh reja tasdiqlanguniga qadar amal qiladi.
Aholi punktining bosh rejasi mavjud bo'lmaganda yoki uning yangi bosh rejasi ishlab chiqilayotgan davrda aholi punkti hududida joriy qurilish uchun yer uchastkasi ajratish bilan bog'liq masalalar tuman (shahar) qurilish bo'limining taqdimnomasiga ko'ra Qoraqalpog'iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari bilan kelishib olinadi.
Aholi punktining yangi bosh rejasi ishlab chiqilayotgan davrda davlat ahamiyatiga molik ob'yektlarni qurish uchun yer uchastkalarini ajratishga doir materiallar ishlab chiquvchilar bilan qo'shimcha ravishda kelishib olinishi lozim.
Aholi punktlari hududida ob'yektlarni bosh rejasiz va boshqa zarur shaharsozlik hujjatlarisiz loyihalashtirish hamda qurish taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn54-modda. Aholi punktining bosh rejasi
(54-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 10 сентябрдаги ЎРҚ-960-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.09.2024 й., 03/24/960/0699-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.