Urban Planning Code

50-modda. Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlari

Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi: hududning zonalashtirilishi; aholini joylashtirishning hududiy tizimlarini rivojlantirish chora-tadbirlari; viloyatlararo ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari; tabiatdan oqilona foydalanish chora-tadbirlari; hududni kompleks rivojlantirish maqsadida resurslar bilan ta'minlash chora-tadbirlari; hududni rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.