Urban Planning Code

41-modda. Jamoatchilik nazorati sub'yektlari tomonidan aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi takliflar kiritilishi

Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida takliflar berish huquqi o'z qonuniy manfaatlariga daxl qilinayotgan jamoatchilik nazorati sub'yektlariga taqdim etiladi. Jamoatchilik nazorati sub'yektlarining aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi takliflari faqat uni amalga oshirish boshlanguniga qadar qabul qilinadi. Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi takliflar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yozma yoki elektron shaklda beriladi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi kelib tushgan taklifni o'n besh kun ichida ko'rib chiqadi. Aholi punktining bosh rejasiga oid o'zgartirishlarning jamoatchilik muhokamasini o'tkazish zarurati bo'lmagan taqdirda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi arizachilarga jamoatchilik muhokamasini o'tkazishni rad etishga doir asoslantirilgan javob yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.