Urban Planning Code

39-modda. Aholi punkti bosh rejasining jamoatchilik muhokamasini o'tkazish tartibining buzilishlari ustidan shikoyat berish

Aholi punkti bosh rejasining jamoatchilik muhokamasini o'tkazishning ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan tartibi buzilishlari aniqlanganda, jamoatchilik nazorati sub'yektlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq shikoyat berishga haqli. Jamoatchilik muhokamasini o'tkazish tartibi buzilganligi to'g'risidagi shikoyat mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan asosli deb topilgan taqdirda takroriy muhokama o'tkaziladi. Aholi punktlarining bosh rejalarini tasdiqlash to'g'risida jamoatchilik muhokamasini o'tkazish tartibi buzilgan holda qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.