Urban Planning Code

36-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi jamoatchilik nazorati sub'yektlari va ularning huquqlari

Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek fuqarolar shaharsozlik faoliyati sohasidagi jamoatchilik nazorati sub'yektlaridir, bundan jamoatchilik nazorati sub'yektlari buyurtmachi sifatida ishtirok etgan hollar mustasno. Jamoatchilik nazorati sub'yektlari aholi punktlarining bosh rejalari to'g'risida ishonchli va o'z vaqtida axborot olish huquqiga ega. Jamoatchilik nazorati sub'yektlarining aholi punktlari bosh rejalarini tasdiqlash to'g'risidagi qarorlarning jamoatchilik muhokamasida va qabul qilinishida ishtirok etishi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ta'minlanadi. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun quyidagilar tashkil etilishi mumkin: jamoatchilik kuzatuv komissiyalari; jamoatchilik ekspert komissiyalari; jamoatchilik nazorati guruhlari; jamoatchilik nazoratining boshqa tashkiliy tuzilmalari. Aholi punktlarining bosh rejalarini tasdiqlash to'g'risidagi qarorlarning jamoatchilik muhokamasi va qabul qilinishi chog'ida jamoatchilik nazorati sub'yektlari quyidagi huquqlarga ega: aholi punktlarining bosh rejalarini tasdiqlash to'g'risidagi qarorlarni muhokama qilish, ular yuzasidan takliflar kiritish va ularni tayyorlashda boshqa shaklda ishtirok etish; zarur hollarda, aholi punktining bosh rejasi tasdiqlanguniga qadar qonun hujjatlarida taqiqlanmagan mablag'lar hisobiga uni jamoatchilik ekspertizasidan o'tkazishni tashkil etish. Jamoatchilik nazorati sub'yektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.