Ichki nazorat pudratchi tomonidan kamchiliklarni o'z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish va ularning oldi olish bo'yicha choralar ko'rish maqsadida amalga oshiriladi.
Ichki nazorat bo'yicha mutaxassis qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan bo'lishi kerak.
Ichki nazorat bo'yicha mutaxassis:
shaharsozlik hujjatlarining shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq butligi yuzasidan kirish nazoratini;
qurilish materiallarini, konstruktsiyalarini, buyumlarini va uskunalarini albatta tashqi ko'zdan kechirishdan o'tkazgan holda, ularning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga, ish chizmalariga, pasportlarga, sertifikatlarga va ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan kirish nazoratini;
texnik va mualliflik nazorati bo'yicha mutaxassislar ishtirokida muhim konstruktsiyalarni ularning tayyor bo'lishiga qarab qabul qilib olish yo'li bilan qurilish jarayonlari texnologiyalariga rioya etilishiga doir operatsiyalar bo'yicha nazoratni;
tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq qurilish-montaj ishlarini qabul qilib olish nazoratini amalga oshiradi.
Ichki nazorat bo'yicha mutaxassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish pudratchining qurilish laboratoriyasi yoki shartnoma asosida jalb etiladigan tashkilot tomonidan ta'minlanadi.
lex.uz’dagi asl matn30-modda. Ichki nazorat
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.