Urban Planning Code

19-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari

(19-модда биринчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 10 сентябрдаги ЎРҚ-960-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.09.2024 й., 03/24/960/0699-сон)

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: shaharsozlik faoliyati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlaydi; shaharsozlik sohasida kompleks davlat dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishiga ko'maklashadi; shaharsozlik faoliyati sohasida o'z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi; O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhini hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlarini, umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob'yektlarining shaharsozlik hujjatlarini, shuningdek O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini hamda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini tasdiqlaydi; Toshkent va Nukus shaharlarining, shuningdek respublika va viloyat bo'ysunuvidagi shaharlarning bosh rejalarini tasdiqlaydi; shaharlar shahar atrofi zonalarining chegaralarini tasdiqlaydi; umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob'yektlarining chegaralarini hamda tegishli ob'yektlar hududlarida shaharsozlik faoliyatini tartibga solish tartibotini belgilaydi; davlat shaharsozlik kadastrini hamda shaharsozlik faoliyati ob'yektlarining monitoringini yuritish tartibini belgilaydi; umumdavlat ahamiyatiga molik ob'yektlarning shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari ishlab chiqilishini moliyalashtirish tartibini belgilaydi; shaharsozlik faoliyati sohasidagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o'tkazadigan yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish tartibini belgilaydi; shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasini tashkil etish hamda o'tkazish tartibini belgilaydi; shaharsozlik faoliyati sohasida davlat xaridlarini tashkil etish hamda o'tkazish tartibini belgilaydi; shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi; shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining tashkiliy tuzilmasini belgilaydi; O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhini hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlarini muntazam ravishda takomillashtirib borish bo'yicha ustuvor yo'nalishlarni belgilaydi; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi faoliyatini muvofiqlashtiradi va tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.