Shaharsozlik faoliyatiga doir asosiy talablar quyidagilardan iborat:
shaharsozlik faoliyati sub'yektlari tomonidan shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi;
hududlar va aholi punktlarini tabiiy hamda texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta'siridan himoya qilish;
atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik talablariga, yong'inga qarshi hamda sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga rioya etish;
suvni muhofaza qilish zonalari, muhandislik va transport infratuzilmasi ob'yektlarining muhofaza zonalari talablariga rioya etish;
madaniy meros ob'yektlarini va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash talablariga rioya etish;
aholi punktlarini aholi punktlarining tegishli turi uchun shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan aholiga xizmat ko'rsatish darajasidan kam bo'lmagan muhandislik, transportga oid hamda ijtimoiy infratuzilmalar ob'yektlari, rekreatsiya va sog'lomlashtirish maqsadlariga mo'ljallangan ob'yektlar, shuningdek hududlarni obodonlashtirish ob'yektlari bilan ta'minlash;
nogironligi bo'lgan shaxslarning ijtimoiy infratuzilma ob'yektlaridan (turar joylar, jamoat va ishlab chiqarish binolari, imoratlari va inshootlari, sog'liqni saqlash, madaniyat, sport ob'yektlari va boshqa ob'yektlardan) moneliksiz foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
shaharsozlik faoliyati sohasidagi qarorlarning muhokamasi va qabul qilinishida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar ishtirok etishi uchun shart-sharoitlarni ta'minlash.
lex.uz’dagi asl matn10-modda. Shaharsozlik faoliyatiga doir asosiy talablar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.