Sub'yektning roziligi bilan erkin foydalanilishi mumkin bo'lgan yoki maxfiylikka rioya etishga doir talablar tatbiq etilmaydigan shaxsga doir ma'lumotlar hamma foydalanishi mumkin bo'lgan shaxsga doir ma'lumotlardir.
Aholini axborot bilan ta'minlash maqsadida shaxsga doir ma'lumotlarning hamma foydalanishi mumkin bo'lgan manbalari (shu jumladan biografik ma'lumotnomalar, telefon, manzil kitoblari, hamma foydalanishi mumkin bo'lgan elektron axborot resurslari) yaratilishi mumkin.
Shaxsga doir ma'lumotlarning hamma foydalanishi mumkin bo'lgan manbalariga sub'yektning yozma roziligi bilan uning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan yili va joyi, manzili, abonent raqami, kasbi to'g'risidagi ma'lumotlar hamda sub'yekt tomonidan ma'lum qilinadigan boshqa shaxsga doir ma'lumotlar kiritilishi mumkin.
Sub'yekt haqidagi ma'lumotlar shaxsga doir ma'lumotlarning hamma foydalanishi mumkin bo'lgan manbalaridan uning murojaatiga ko'ra, rozilik qanday shaklda berilgan bo'lsa, shunday shaklda yoki yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida, shuningdek vakolatli davlat organining yoki sudning qaroriga ko'ra chiqarib tashlanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonun
29-modda. Hamma foydalanishi mumkin bo'lgan shaxsga doir ma'lumotlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.