«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonun

24-modda. Shaxsga doir ma'lumotlarga avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish

(24-модда иккинчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Sub'yekt o'z huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo'lgan, yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan o'z shaxsga doir ma'lumotlariga faqat avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish asosida qaror qabul qilishga duchor etilmaslik huquqiga ega, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Quyidagi hollarda sub'yektning shaxsga doir ma'lumotlariga faqat avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish asosida qaror qabul qilinishi mumkin: sub'yektning yozma shakldagi, shu jumladan elektron hujjat tarzidagi roziligi mavjud bo'lganda; agar qaror mulkdor va sub'yekt o'rtasidagi shartnomani ijro etish yoki ilgari tuzilgan shartnoma shartlarini bajarish uchun qabul qilinayotgan bo'lsa; qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda. Mulkdor va (yoki) operator sub'yektga uning shaxsga doir ma'lumotlariga faqat avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish asosida qaror qabul qilish tartibini va bunday qarorning ehtimoldagi yuridik oqibatlarini tushuntirishi, bunday qarorga e'tiroz bildirish imkoniyatini berishi, shuningdek sub'yekt tomonidan o'z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tartibini tushuntirishi shart. Mulkdor va (yoki) operator ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan e'tirozni ko'rib chiqishi hamda bunday e'tirozni ko'rib chiqish natijalari haqida sub'yektni o'n kun ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.