«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonun

19-modda. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga oid talablar

Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishning maqsadlari mulkdor va (yoki) operatorning faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, nizomlar, ta'sis hujjatlari yoki boshqa hujjatlar bilan belgilanadi hamda ushbu Qonunga muvofiq bo'lishi kerak. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishning maqsadlari ularni yig'ish chog'ida ilgari bildirilgan maqsadlarga, shuningdek mulkdorning va (yoki) operatorning huquq va majburiyatlariga muvofiq bo'lishi kerak. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishning maqsadi o'zgargan taqdirda, mulkdor va (yoki) operator sub'yektning o'z ma'lumotlariga o'zgargan maqsadga muvofiq ishlov berilishi uchun roziligini olishi kerak. Shaxsga doir ma'lumotlar aniq va ishonchli bo'lishi, zarur bo'lgan taqdirda esa o'zgartirilishi va to'ldirilishi kerak. Shaxsga doir ma'lumotlar bazasiga kiritilishi mumkin bo'lgan shaxsga doir ma'lumotlarning hajmi sub'yekt tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi. Ishlov beriladigan shaxsga doir ma'lumotlarning hajmi va xususiyati ularga ishlov berish maqsadlari va usullariga muvofiq bo'lishi kerak. Shaxsga doir ma'lumotlarga sub'yektni identifikatsiya qilishga yo'l qo'yiladigan shaklda yoki egasizlantirilgan tarzda ishlov beriladi. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish muddati sub'yektning o'z shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishga roziligi amal qiladigan muddatdan oshib ketmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.