«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonun

10-modda. Shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish, tizimlashtirish va saqlash

Shaxsga doir ma'lumotlar bazasi mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarni bajarish uchun zarur hamda yetarli bo'lgan shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish yo'li bilan shakllantiriladi. Shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish, tizimlashtirish tartibi va printsiplari mulkdor va (yoki) operator tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Shaxsga doir ma'lumotlarni saqlash shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish chog'ida ilgari bildirilgan maqsadlar talab etadigan darajada sub'yektni identifikatsiya qilish imkonini beradigan shaklda amalga oshiriladi. Shaxsga doir ma'lumotlarni saqlash muddati ularni yig'ish va ularga ishlov berish maqsadiga erishish sanasi bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.