Xo'jalik shartnomasi taraflari belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
xo'jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o'zgartirish va bekor qilish munosabati bilan zarur bo'lgan ma'lumotnomalar va boshqa hujjatlarni so'rash va olish;
xo'jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o'zgartirish va bekor qilish bilan bog'liq masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma xulosalarini so'rash va olish, mutaxassislar bilan maslahatlashish;
davlat organlari va boshqa organlarga, mansabdor shaxslarga iltimosnomalar bilan murojaat etish hamda shikoyatlar berish va ulardan asoslantirilgan yozma javoblar olish;
boshqa tarafning iqtisodiy ahvoli, nufuzi va ishchanlik jihatlari xususidagi ma'lumotlarni to'plash;
xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari va usullarini qo'llash.
Xo'jalik shartnomasining taraflari qonunchilikda va shartnomada nazarda tutilgan o'zga huquqlarga ham ega bo'lishlari mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi qonun
6-modda. Xo'jalik shartnomasi taraflarining huquqlari
(6-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.