«Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi qonun

35-modda. Shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxsning javobgarligi

(35-моддасининг матни Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1151-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.06.2026 й., 03/26/1151/0589-сон)

Shartnoma majburiyatlari xo'jalik yurituvchi sub'yekt mansabdor shaxsning aybi bilan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan, uning tomonidan xo'jalik yurituvchi sub'yektning pul mablag'lari va boshqa mol-mulki maqsadga nomuvofiq foydalanilganligi aniqlangan, to'lov intizomi buzilgan, xo'jalik yurituvchi sub'yekt to'lovga qobiliyatsizlikka duchor qilingan yoki shartnoma munosabatlari sohasida boshqa qoidabuzarliklar sodir etilgan taqdirda, xo'jalik yurituvchi sub'yektning mansabdor shaxsi O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 45 va 48-moddalariga muvofiq fuqarolik-huquqiy javobgarlikka, O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 175, 176², 212 va 214-moddalariga muvofiq ma'muriy javobgarlikka, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 181, 205, 207, 209 va 276¹¹-moddalariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.