«Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi qonun

21-modda. Xo'jalik shartnomalarini huquqiy ekspertizadan o'tkazish

(21-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Xo'jalik shartnomalari ularni imzolashga tayyorlash jarayonida xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan tekshirib ko'rilishi kerak. Shartnomalarni ularning imzolarisiz tuzishga yo'l qo'yilmaydi. Taraflar xo'jalik shartnomalarini tuzish uchun xo'jalik yurituvchi sub'yektlar yuridik xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasini olishga haqli. Xulosada, qoida tariqasida quyidagilar ko'rsatiladi: xo'jalik shartnomasida ko'rsatilgan munosabatlar qaysi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinishi; xo'jalik shartnomasi shartlarining qonunchilik talablariga mos kelish-kelmasligi; taraflarning javobgarligi me'yori va nizolarni hal etish tartibi qonunchilik talablariga mos kelish-kelmasligi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.