«Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi qonun

17-modda. Talabnoma bildirish tartibi

(17-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xo'jalik yurituvchi sub'yekt mazkur huquq va manfaatlarni buzgan xo'jalik yurituvchi sub'yektga nisbatan talabnoma bildirishga haqlidir. Talabnoma yozma shaklda bildiriladi. Talabnomada quyidagilar ko'rsatiladi: talabnoma bildirgan xo'jalik yurituvchi sub'yektning va talabnoma bildirilayotgan xo'jalik yurituvchi sub'yektning nomi; talabnoma bildirilgan sana va uning raqami; talabnoma bildirish uchun asos bo'lgan holatlar; talabnomada bayon etilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillar; arz qiluvchining talablari; talabnoma summasi va uning hisob-kitobi, arz qiluvchining to'lov va pochta rekvizitlari; talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati. Talabnoma xo'jalik yurituvchi sub'yektning rahbari yoki rahbarning o'rinbosari tomonidan imzolanadi. Talabnoma buyurtma yoki qimmatli xat tarzida, telegraf, teletayp orqali, shuningdek talabnoma jo'natilganligini qayd etadigan, qabul qilib oluvchini ogohlantiradigan boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda jo'natiladi yoxud tilxat olib topshiriladi. Yuklarni tashish va aloqa xizmatlari ko'rsatishga doir operatsiyalardan kelib chiqadigan talabnomalarni transport va aloqa xo'jalik yurituvchi sub'yektlariga bildirish tartibi va muddatlari qonunchilikda belgilab qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.