Kontsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanilganda ushbu tadbir reklamasida fonogrammadan foydalanish darajasi to'g'risidagi axborot keltirilishi kerak.
Tashqi reklama orqali joylashtiriladigan kontsert-tomosha tadbiri reklamasida fonogrammadan foydalanish darajasi to'g'risidagi axborot umumiy reklama maydonining (sathining) kamida o'n foizini tashkil etishi kerak.
Kontsert-tomosha tadbiri tashkilotchilari bevosita tomosha boshlanishidan oldin fonogrammadan foydalanilish darajasi to'g'risidagi axborotni o'z ichiga olgan audioxabar tarqatilishini ta'minlaydi.
lex.uz’dagi asl matn44-modda. Kontsert-tomosha tadbirlari reklamasida fonogrammadan foydalanilishi to'g'risidagi axborot
(44-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 11 мартдаги ЎРҚ-1046-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.03.2025 й., 03/25/1046/0229-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.