«Reklama to'g'risida»gi qonun

42-modda. Qimmatli qog'ozlarning va aholi mablag'larini jalb etish bilan bog'liq xizmatlarning reklamasi

Qimmatli qog'ozlar va aholi mablag'larini jalb etish bilan bog'liq xizmatlar (bank, sug'urta xizmatlari va ko'rsatilishi litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olishni talab qiladigan faoliyat bilan bog'liq boshqa xizmatlar) yoki ushbu xizmatlarni ko'rsatuvchi shaxslar faqat shunday faoliyat turini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi tegishli litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat mavjud bo'lgan taqdirda reklama qilinishi mumkin. Qimmatli qog'ozlarning va aholi mablag'larini jalb etish bilan bog'liq xizmatlarning (bundan bank omonatlari mustasno) yoki ushbu xizmatlarni ko'rsatuvchi shaxslarning reklamasida quyidagilar taqiqlanadi: reklama qilinayotgan xizmatlarga yoki qimmatli qog'ozlarga bevosita aloqasi bo'lmagan axborotni ko'rsatish; oddiy aktsiyalar bo'yicha daromad olishni va dividendlar miqdorini kafolatlash; kutilayotgan daromad miqdorlari va istiqboldagi foyda (daromad) to'g'risidagi axborotni ma'lum qilish; emissiyasi ro'yxatdan o'tkazilmagan, shuningdek emissiyasi to'xtatib turilgan yoki amalga oshmagan deb topilgan qimmatli qog'ozlarni reklama qilish. Qimmatli qog'ozlarning va aholi mablag'larini jalb etish bilan bog'liq xizmatlarning (bundan bank omonatlari mustasno) yoki ushbu xizmatlarni ko'rsatuvchi shaxslarning reklamasida mazkur xizmatlardan foydalanish sarmoya yo'qotilishiga olib kelishi mumkinligi haqidagi ogohlantirish bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.