Yuridik yoki jismoniy shaxslar yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auktsion yakunlariga ko'ra yer uchastkalaridagi reklama joyining pasportini o'n yil muddatga, davlat mulki bo'lgan binolardagi va inshootlardagi reklama joyining pasportini esa besh yil muddatga olish huquqiga ega bo'ladi.
Yuridik yoki jismoniy shaxslar xususiylashtirilgan yer uchastkalaridagi, shuningdek xususiy mulk bo'lgan binolar va inshootlardagi reklama joyining pasportini xususiylashtirilgan yer uchastkalarining, binolarning hamda inshootlarning mulkdorlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida olish huquqiga ega bo'ladi. Bunda reklama joyining pasporti ushbu shartnomalarda belgilangan muddatga beriladi, biroq bu muddat o'n yildan oshishi mumkin emas.
Tashqi reklama va axborot ob'yektini (konstruktsiyasini) davlat mulki bo'lgan yer uchastkasiga o'rnatish uchun reklama joyining pasporti egasiga tegishli yer uchastkasi ijara huquqi asosida beriladi, davlat mulki bo'lgan binoga yoki inshootga tashqi reklama va axborot ob'yektini (konstruktsiyasini) o'rnatish uchun esa reklama joyi pasportining egasi bilan ijara shartnomasi tuziladi.
Tashqi reklama va axborot ob'yektlarini (konstruktsiyalarini) o'rnatish uchun reklama joyining pasportida ko'rsatilgan, davlat mulki bo'lgan yer uchastkasidan, binodan yoki inshootdan vaqtinchalik foydalanish imkoni bo'lmagan taqdirda (yer uchastkasida qurilish ishlari olib borilishi, binolar hamda inshootlar rekonstruktsiya qilinishi hamda ta'mirlanishi va boshqalar) Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklarining qaroriga ko'ra reklama joyi pasportining egasiga tashqi reklama va axborot ob'yektini (konstruktsiyasini) montaj qilganlik (o'rnatganlik), demontaj qilganlik hamda ko'chirib o'tkazganlik uchun kompensatsiya to'langan holda teng qimmatli joy beriladi, yer uchastkasi, bino yoki inshoot berilmagan taqdirda esa tashqi reklama hamda axborot ob'yektini (konstruktsiyasini) o'rnatish va demontaj qilish, elektron auktsion orqali tashqi reklama va axborot ob'yektini (konstruktsiyasini) o'rnatish huquqini olish, konstruktsiyaning baholash qiymati bilan bog'liq xarajatlar kompensatsiya qilinadi.
Agar hududlarda qurilish, obodonlashtirish ishlarini, binolarni (inshootlarni) qurish, rekonstruktsiya qilish yoki ta'mirlash hamda boshqa ishlarni olib borish tugallanganidan so'ng tashqi reklama va axborot ob'yektini (konstruktsiyasini) avvalgi joyiga o'rnatish imkoniyati mavjud bo'lsa, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qaroriga ko'ra reklama joyi pasportining avvalgi egasiga o'sha reklama joyi uchun pasport uning amal qilish muddati bungacha amal qilgan reklama joyining pasporti bekor qilingan vaqtga mutanosib ravishda uzaytirilgan holda beriladi hamda tashqi reklama va axborot ob'yektini (konstruktsiyasini) montaj qilganlik (o'rnatganlik) va demontaj qilganlik uchun ushbu Qonunga muvofiq kompensatsiya to'lanadi.
Reklama joyining pasporti mavjud bo'lmagan yer uchastkalariga, binolarga hamda inshootlarga o'rnatilgan tashqi reklama va axborot ob'yektlari (konstruktsiyalari) vakolatli davlat organining qaroriga muvofiq demontaj qilinishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn25-modda. Yer uchastkalaridagi, binolardagi hamda inshootlardagi tashqi reklama va axborot ob'yektlari (konstruktsiyalari) uchun reklama joyining pasporti
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.