Reklamaning aylanishi uchun belgilangan barcha talablar ijtimoiy axborotning aylanishiga nisbatan qo'llaniladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar ijtimoiy axborotning reklama beruvchilari bo'lishi mumkin.
Jismoniy va yuridik shaxslarning ijtimoiy axborotni bepul asosda tayyorlash hamda tarqatishga (joylashtirishga), o'z mol-mulkini (shu jumladan pul mablag'larini) ijtimoiy axborot tayyorlash va tarqatish (joylashtirish) uchun boshqa shaxslarga berishga doir faoliyati homiylik faoliyati deb e'tirof etiladi. Bunday shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadi.
Ijtimoiy axborotda tovarlarning muayyan markalari (nomlari, modellari, artikullari), ishlab chiqaruvchilarning tovar belgilari (xizmat ko'rsatish belgilari) hamda ularning boshqa individuallashtirish vositalari to'g'risidagi eslatmaga, shuningdek bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadlarini ko'zlashga yo'l qo'yilmaydi.
Radio va teledasturlarda tarqatiladigan ijtimoiy axborotda homiylar to'g'risidagi eslatma uch soniyadan oshishi mumkin emas va bunday eslatmaga kadr maydonining ko'pi bilan yetti foizi ajratilishi, boshqa vositalar orqali tarqatiladigan ijtimoiy axborotda esa reklama maydonining (sathining) ko'pi bilan besh foizi ajratilishi kerak.
Ommaviy axborot vositalari, tashqi reklama va axborotni tarqatuvchilar reklama uchun ajratilgan efir vaqti, nashr yoki reklama maydoni umumiy oylik hajmining besh foizidan kam bo'lmagan hajmda ijtimoiy axborotni joylashtirishi shart. Bunda faoliyati O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan to'liq moliyalashtiriladigan va (yoki) o'z ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi ellik foiz hamda undan ortiq bo'lgan reklama tarqatuvchilar davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining buyurtmasiga ko'ra ijtimoiy axborotni bepul joylashtiradi.
lex.uz’dagi asl matn20-modda. Ijtimoiy axborot
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.