«Raqobat to'g'risida»gi qonun

9-modda. Monopoliyaga qarshi komplayens

(9-модда иккинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)

Monopoliyaga qarshi komplayens faoliyatning raqobat to'g'risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta'minlash, ularning buzilishi xatarlarini aniqlash va mazkur xatarlarning oldini olish bo'yicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimidan iboratdir. Monopoliyaga qarshi komplayensning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berishni amalga oshiruvchi, maxsus elektron tizim vositasida xabarnomalarni qabul qiluvchi, ro'yxatdan o'tkazish yoki akkreditatsiya qilish vakolatlari berilgan davlat muassasalari, shuningdek davlat maqsadli jamg'armalari (bundan buyon matnda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar deb yuritiladi), xo'jalik yurituvchi sub'yektlar hamda yuridik shaxslar birlashmalari faoliyatining raqobat to'g'risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta'minlash hamda monitoring qilish; raqobat to'g'risidagi qonunchilik talablarining buzilishi xatarlarini boshqarish; respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xo'jalik yurituvchi sub'yektlar hamda yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan raqobat to'g'risidagi qonunchilik talablarining buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish; insofli raqobatni shakllantirish va tartibga solish. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xo'jalik yurituvchi sub'yektlarda va yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish, uning ishlashini ta'minlash hamda monitoring qilish maqsadida mas'ul shaxs tayinlanadi. Monopoliyaga qarshi komplayens majburiy tartibda: respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda; tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'yektlarda; oxirgi uch yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining o'rtacha yillik miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig'i davlatga tegishli bo'lgan yuridik shaxslarda; oxirgi uch yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining o'rtacha yillik miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig'i ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi 50 foizni va undan ortiqni tashkil etadigan yuridik shaxsga tegishli bo'lgan yuridik shaxslarda; yuridik shaxslarning birlashmalarida joriy etiladi. Ushbu moddaning to'rtinchi qismida ko'rsatilmagan xo'jalik yurituvchi sub'yektlarda monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish tavsiyaviy xususiyatga ega. Monopoliyaga qarshi komplayensni tashkil qilish va joriy etish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.