Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:
davlat ishtirokidagi korxona — xo'jalik faoliyatini amalga oshiradigan, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori 25 foizdan ortiq bo'lgan yuridik shaxs, shuningdek o'ziga xo'jalik faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan davlat muassasasi;
davlat ishtirokidagi korxonalarning affillangan shaxslari — ustav fondining (ustav kapitalining) 20 foizi va undan ortig'i bevosita yoxud bilvosita davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli bo'lgan yuridik shaxslar;
insofsiz raqobat — xo'jalik yurituvchi sub'yektning yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega bo'lishga qaratilgan, qonunchilikka, ish muomalasi odatlariga zid bo'lgan hamda boshqa xo'jalik yurituvchi sub'yektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo'lgan yoxud ularning ishchanlik obro'siga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin bo'lgan harakatlari;
iste'molchi — xo'jalik yurituvchi sub'yektdan tovarni oluvchi, tovarga buyurtma beruvchi yoxud tovarni olish yoki unga buyurtma berish niyatida bo'lgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
iqtisodiy kontsentratsiya — xo'jalik yurituvchi sub'yektning yoki shaxslar guruhining ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozorida raqobatning holatiga ta'sir ko'rsatadigan bitimlar tuzish va (yoki) boshqa harakatlarni bajarish;
kamsituvchi shart-sharoitlar — tovar yoki moliya bozoriga kirish, tovarni ishlab chiqarish, iste'mol qilish, olish, realizatsiya qilish yoki o'zgacha tarzda boshqa shaxsga o'tkazish shart-sharoitlari bo'lib, ular boshqa teng shart-sharoitlarda bitta yoki bir nechta xo'jalik yurituvchi sub'yektni o'zga xo'jalik yurituvchi sub'yektga (raqobatchiga) nisbatan teng bo'lmagan holatga solib qo'yadi;
moliya bozori — banklar, kredit, sug'urta va boshqa moliya tashkilotlari tomonidan ko'rsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining O'zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomalasi doirasi bo'lib, u O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatlarni ko'rsatish imkoniyati mavjud bo'ladi;
muvofiqlashtirilgan harakatlar — ikki yoki undan ortiq xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning ulardan har birining manfaatlarini qanoatlantiradigan, birining harakatlari boshqasiga ma'lum bo'lgan yoki ulardan har birining harakatlaridan kelib chiqqan holda bajariladigan, raqobatni cheklaydigan yoxud cheklashga va (yoki) raqobat sharoitlarida iste'molchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan o'zaro kelishilmagan harakatlari;
raqobat — xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo'lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta'sir ko'rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi;
raqamli platforma — raqamli mahsulotlardan Internet jahon axborot tarmog'i orqali haq evaziga yoki bepul foydalanilishini ta'minlovchi axborot tizimi;
tabiiy monopoliya — tovar bozorining holati bo'lib, unda texnologik o'ziga xos xususiyatlar tufayli tovarlarning muayyan turiga bo'lgan talabni qanoatlantirishning raqobatli sharoitlarini yaratish mumkin emas yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lmaydi;
tabiiy monopoliya sub'yekti — tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo'yicha faoliyatni asosiy faoliyat turi sifatida amalga oshiradigan xo'jalik yurituvchi sub'yekt yoki shaxslar guruhi;
tovar — faoliyatning olish va realizatsiya qilish uchun mo'ljallangan mahsuli, shu jumladan ishlar va xizmatlar;
tovar bozori — tovarning, shu jumladan bir-birining o'rnini bosadigan tovarning (o'zining belgilangan maqsadi, qo'llanilishi, sifati va texnik xususiyatlari, narxi hamda boshqa ko'rsatkichlari bo'yicha taqqoslanishi mumkin bo'lgan, iste'molchi almashtirishga tayyor bo'lgan tovarning) O'zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomalasi doirasi bo'lib, u O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida tovarni olish yoki realizatsiya qilish imkoniyati mavjud bo'ladi;
xo'jalik yurituvchi sub'yekt — tovarlarni ishlab chiqarish, olish va realizatsiya qilish bo'yicha faoliyat bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan davlat ishtirokidagi korxona va xo'jalik faoliyati bilan shug'ullanuvchi muassasa, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs.
lex.uz’dagi asl matn4-modda. Asosiy tushunchalar
(4-модданинг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)
Oddiy tilda
**Davlat ishtirokidagi korxona**
Nimani anglatadi: Bu shirkatlarga davlat puli 25 foizdan ortiq qo'yilgan yoki davlat tomonidan boshqariladigan tashkilotlardir. Davlat bu korxonalarning egasi va ularni nazorat qiladi.
Kimga tegishli: Davlatga va uning vakillariga tegishli.
Amalda: Tashkent shaharida suv ta'minoti kompaniyasining 60 foizi davlatga tegishli bo'lsa, bu davlat ishtirokidagi korxona hisoblanadi.
---
**Insofsiz raqobat**
Nimani anglatadi: Bu qonunga zid bo'lgan nohaq usullar bilan raqobatchilarni zarar yetkazish yoki ularning obro'sini buzishdir. Masalan, yolg'on reklama yoki qonun buzish orqali boshqalarni mag'lub qilish.
Kimga tegishli: Raqobatchi kompaniyalarga va iste'molchilarga.
Amalda: Agar bir do'kon boshqa do'konning mahsuloti "zaharli" deb yolg'on reklama qilsa, bu insofsiz raqobata kiradi.
---
**Iste'molchi**
Nimani anglatadi: Bu tovar yoki xizmatni sotib oladigan yoki buyurtma beradigan odamdir. U jismoniy yoki yuridik shaxs bo'lishi mumkin.
Kimga tegishli: Xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning mijozlariga.
Amalda: Bozordan non sotib oladigan odam yoki firmaga kompyuter buyurtma beradigan tashkilot iste'molchi hisoblanadi.
---
**
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.