«Qurol to'g'risida»gi qonun

37-modda. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini, shuningdek tuzilishi jihatidan qurolga o'xshash bo'lgan buyumlarni sertifikatlashtirish

O'zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilayotgan va O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o'q-dorilari, shuningdek tuzilishi jihatidan qurolning mazkur turlariga o'xshash bo'lgan buyumlar sertifikatlashtirilishi shart. Fuqaroviy va xizmat quroliga hamda uning o'q-dorilariga doir texnik talablar, ushbu qurol va o'q-dorilarni tamg'alash, o'rash-joylash qoidalari va ularning muvofiqligini baholash uchun sinov usullari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.