Ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
ruxsatnoma egasi uning amal qilishini tugatish to'g'risida ariza bilan murojaat etganda;
yuridik shaxs bo'lgan ruxsatnoma egasi tugatilganda — tugatilgan paytdan e'tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e'tiboran, bundan uning o'zgartirilishi mustasno, shuningdek qo'shilish natijasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda yangidan paydo bo'lgan yuridik shaxsni davlat ro'yxatidan o'tkazish sanasida ayni o'sha harakatni va (yoki) faoliyatni bajarish va (yoki) amalga oshirishga doir ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat mavjud bo'lganda;
ovchilik guvohnomasining amal qilishi tugatilganda (ov quroliga doir ruxsatnomalarga nisbatan);
jismoniy shaxs bo'lgan ruxsatnoma egasi vafot etganda, uning muomala layoqati cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
ushbu Qonun 13-moddasi to'qqizinchi qismining uchinchi — o'ninchi va o'n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan, ruxsatnoma olish imkoniyatini istisno etadigan holatlar yuzaga kelganda;
ruxsatnoma egasi ruxsat berishga doir talablar va shartlarni bir yil davomida muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qo'pol ravishda buzganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sog'lig'iga, jamoat xavfsizligiga zarar yetkazilishiga olib kelgan bo'lsa;
ruxsatnoma egasi ruxsatnomaning amal qilishi to'xtatib turilishiga sabab bo'lgan holatlarni ichki ishlar organi yoki sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda;
ichki ishlar organining ruxsatnoma berish to'g'risidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda;
ruxsatnomaning amal qilish muddati o'tganda;
bajarilishi uchun ruxsatnoma berilgan bir martalik harakat bajarilganda.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi, to'rtinchi, beshinchi, o'ninchi va o'n birinchi xatboshilarida ko'rsatilgan hollar yuzaga kelishi bilan ruxsatnomaning amal qilishi tugatilgan hisoblanadi.
Ruxsatnomaning amal qilishi ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va oltinchi xatboshilarida ko'rsatilgan hollarda ichki ishlar organi tomonidan, shuningdek ushbu modda birinchi qismining yettinchi, sakkizinchi va to'qqizinchi xatboshilarida ko'rsatilgan hollarda esa sud tomonidan tugatiladi.
Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish to'g'risidagi sudning qarori ruxsatnomaning egasiga va ichki ishlar organiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Ichki ishlar organining ruxsatnomaning amal qilishini tugatish to'g'risidagi qarori ruxsatnoma egasiga qaror qabul qilingan kundan e'tiboran bir ish kunidan kechiktirmay yozma yoki elektron (mavjud bo'lgan taqdirda) shaklda yetkaziladi. Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish to'g'risidagi qaror ruxsatnoma egasi tomonidan olingan kundan e'tiboran o'n kun ichida ruxsatnoma ichki ishlar organiga qaytarilishi va yo'q qilinishi lozim.
Ruxsatnomaning amal qilishi uning amal qilishini tugatish to'g'risida qaror qabul qilingan sanadan e'tiboran tugatiladi.
Ichki ishlar organining ruxsatnomaning amal qilishini tugatish to'g'risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, ichki ishlar organi ruxsatnoma egasi oldida u ko'rgan zarar miqdorida javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn«Qurol to'g'risida»gi qonun
35-modda. Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish
(35-модда биринчи қисмининг саккизинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.