«Qurol to'g'risida»gi qonun

12-modda. Maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslar tomonidan qurolni va uning o'q-dorilarini olish

(12-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 февралдаги ЎРҚ-905-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2024 й., 03/24/905/0106-сон)

Maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslar qurolni olishga doir ruxsatnoma olish uchun ichki ishlar organlariga quyidagilarni taqdim etadi: qurolni olishga doir ruxsatnoma berish to'g'risidagi ariza uni olishdan ko'zlangan maqsad, olinadigan qurol va uning o'q-dorilari to'g'risidagi ma'lumotlar hamda qurolni va uning o'q-dorilarini saqlash uchun maxsus jihozlangan bino (qurolxona) joylashgan yer ko'rsatilgan holda; qurolni va uning o'q-dorilarini yetkazib berishga doir kontrakt (shartnoma); qurol hamda uning o'q-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobga olinishini hamda ulardan foydalanilishini ta'minlash majburiyati zimmasiga yuklatilgan yuridik shaxs xodimi tayinlanganligi to'g'risidagi buyruq yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat; qurolga va uning o'q-dorilariga bo'lgan talab miqdorining hisob-kitobi, qurol va uning o'q-dorilari bilan ta'minlash normalari hisobga olingan holda. Qurolning sarflangan, yo'qotilgan yoki yo'q qilish uchun topshirilgan o'q-dorilari o'rniga o'q-dorilar olish uchun o'q-dorilar hisobdan chiqarilganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar (o'q-dorilarni hisobdan chiqarish dalolatnomalari, o'quv-mashq otishlari va boshqa otishlarni o'tkazish chog'ida sarflangan o'q-dorilarga doir tarqatish-topshirish qaydnomalari, o'q-dorilarni yo'q qilish uchun qabul qilib olish (topshirish) dalolatnomalari) qo'shimcha ravishda taqdim etiladi. Qurolni olishga doir ruxsatnoma berish to'g'risidagi ariza ichki ishlar organlari tomonidan ariza barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan e'tiboran o'ttiz ish kuni ichida ko'rib chiqiladi. Qurolni olishga doir ruxsatnomani berish quyidagi asoslarga ko'ra rad etilishi mumkin: ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko'rsatilgan hujjatlarning to'liq hajmda taqdim etilmaganligi; qurolning va uning o'q-dorilarining ishonchli hisobga olinishi va but saqlanishini ta'minlash imkoniyati yo'qligi yoki ushbu sharoitlar lozim darajada ta'minlanmaganligi; taqdim etilgan hujjatlarda noto'g'ri yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlarning mavjudligi; yuridik shaxsning qurol va uning o'q-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini hamda hisobga olinishini ta'minlash majburiyati o'z zimmasiga yuklatilgan yoxud xizmat qurolini olib yurish va undan foydalanish huquqiga ega bo'lgan xodimining doimiy yashash joyi mavjud emasligi, xodimda ushbu Qonun 13-moddasi o'ninchi qismining ikkinchi, uchinchi, beshinchi — sakkizinchi, o'ninchi — o'n uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan qurolga egalik qilish uchun monelik qiladigan asoslar yuzaga kelganligi, shuningdek ushbu Qonunning 1-ilovasida ko'rsatilgan xizmat quroliga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklarning yoki jismoniy nuqsonlarning mavjudligi. Qurolni olishga doir ruxsatnomani berish rad etilgan taqdirda, ichki ishlar organlari bu haqda arizachini rad etish sabablarini, qonunchilikning aniq normalarini va arizachi ko'rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko'rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo'lgan muddatni ko'rsatgan holda, qaror qabul qilingan sanadan e'tiboran bir ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda xabardor qilishi shart. Maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslarning xodimlari uchun mo'ljallangan qurolning va uning o'q-dorilarining turlari, xillari, modellari hamda soni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslar qurol, uning o'q-dorilari ishlab chiqariladigan va saqlanadigan ob'yektlarni, jangovar texnikani, ekologik jihatdan o'ta xavfli ishlab chiqarishlarni, radioaktiv chiqindilar ko'miladigan joylarni, pul mablag'lari hamda qimmatliklar tayyorlanadigan va saqlanadigan, qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar qazib olinadigan, qayta ishlanadigan va saqlanadigan joylarni, shuningdek xavfli yuklarni, pul mablag'larini va qimmatliklarni, davlat siri yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirlar jumlasiga kiritilgan ma'lumotlar ko'rsatilgan xat-xabarlar va yuklarni qo'riqlash bo'yicha qonunchilik bilan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun jangovar qurolni hamda uning o'q-dorilarining ayrim xillari va modellarini olish huquqiga ega. Maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslarning jangovar quroldan va uning o'q-dorilaridan boshqa maqsadlarda foydalanishi taqiqlanadi. Maxsus xizmat vazifalariga ega bo'lgan yuridik shaxsning xodimiga qurol va uning o'q-dorilari mazkur xodim tasdiqlangan dasturlarga muvofiq har yilgi xizmat-jangovar, ijtimoiy-huquqiy, axloqiy-psixologik hamda jismoniy tayyorgarlik kurslaridan o'tganidan so'ng va ushbu Qonun 13-moddasining o'ninchi qismida belgilangan asoslar mavjud bo'lmagan taqdirda, yuridik shaxs rahbarining qaroriga hamda ichki ishlar organlarining qurolni olib yurishga doir ruxsatnomasiga binoan beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.