Emitent va qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilingan, emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni chiqarish bilan bog'liq bo'lgan qarorlarni haqiqiy emas deb topish, emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishini, emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun da'vo muddati emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishini joylashtirish muddati tugagan sanadan e'tiboran bir yilni tashkil etadi.
Veksel saqlovchining indossantlarga qarshi va veksel beruvchiga qarshi talablari bo'yicha da'vo muddati belgilangan muddatda bildirilgan protest kunidan e'tiboran yoki chiqimlarsiz oborot to'g'risida shartlashilgan taqdirda, to'lov muddati kunidan e'tiboran bir yilni tashkil etadi.
Indossantlarning bir-biriga va veksel beruvchiga nisbatan talablari bo'yicha da'vo muddati indossant vekselni to'lagan kundan e'tiboran yoki unga nisbatan da'vo taqdim etilgan kundan e'tiboran olti oyni tashkil etadi.
Ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilmagan o'zga hollarda, shuningdek boshqa qimmatli qog'ozlar bo'yicha da'vo muddatlari qonunga muvofiq belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn62-modda. Qimmatli qog'ozlar bo'yicha da'vo muddatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.