Law on the Securities Market

6-modda. Korporativ va infratuzilma obligatsiyalarini chiqarish shartlari

(6-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 12 февралдаги ЎРҚ-1028-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 13.02.2025 й., 03/25/1028/0138-сон)

Korporativ obligatsiyalar quyidagi shartlarga rioya etgan holda: emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to'g'risida qaror qabul qilingan sanadagi o'z kapitali miqdori doirasida. Agar korporativ obligatsiyalar summasi emitentning o'z kapitali miqdoridan oshsa, emitent oshgan summa uchun ta'minot berishi shart; so'nggi bir yilda rentabellik, to'lovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlilikning ijobiy ko'rsatkichlariga ega bo'lgan emitentlar tomonidan; obligatsiyalar chiqarilishidan oldingi bir yil uchun moliyaviy hisobot bo'yicha auditorlik xulosasi mavjud bo'lganda; investorlarga tegishli mablag'larning emitentlar tomonidan to'lanishi bo'yicha to'lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi. Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan shartlar ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Infratuzilma obligatsiyalari quyidagi shartlarga rioya etgan holda: emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to'g'risida qaror qabul qilgan sanadagi o'z kapitali miqdori doirasida. Agar infratuzilma obligatsiyalari summasi emitentning o'z kapitali miqdoridan oshsa, emitent oshgan summa uchun ta'minot berishi shart; obligatsiyalar chiqarilishidan oldingi bir yil uchun moliyaviy hisobot bo'yicha auditorlik xulosasi mavjud bo'lganda; infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag'lardan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida nazarda tutilgan loyihani moliyalashtirish uchun foydalanilsa, chiqariladi. Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan xo'jalik jamiyatlari tomonidan infratuzilma obligatsiyalari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda chiqariladi. Korporativ va infratuzilma obligatsiyalarini chiqarishning qo'shimcha shartlari qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.