Law on the Securities Market

58-modda. Qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari

(58-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 октябрдаги ЎРҚ-721-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.10.2021 й., 03/21/721/0952-сон)

Qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega: qimmatli qog'ozlar bozoridagi o'z tavakkalchiliklarini sug'urta qilish; qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari to'g'risida, qimmatli qog'ozlarning emissiyasini to'xtatib qo'yishga, qimmatli qog'ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziyalarning amal qilishini to'xtatib turish, tugatish va ularni bekor qilishga doir barcha hollar haqida, investitsiya maslahatchilarining xabarnomalari reyestri haqida, ularning faoliyatini to'xtatib turish yoki tugatish bilan bog'liq holatlar to'g'risida, qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari va emitentlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar to'g'risida, shuningdek qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organining da'vo arizalari bo'yicha emitentlarga yoki qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilariga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari haqida qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organidan axborot olish; davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish; qimmatli qog'ozlar bozorida o'z huquqlari buzilganligi to'g'risidagi va yetkazilgan zararlarning o'rnini qoplash haqidagi da'vo arizasi bilan sudga murojaat qilish. Investorlar va qimmatli qog'ozlar egalari ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqlardan tashqari: qimmatli qog'ozlarning chiqarilishi ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risida, emitentning joriy moliyaviy holati va emitentni rivojlantirish istiqbollari haqida axborot taqdim etishni emitentdan talab qilishga; pul va boshqa to'lov vositalari, mol-mulk bilan, shuningdek pul bahosiga ega bo'lgan huquqlar (shu jumladan, mulkiy huquqlar) asosida qimmatli qog'ozlarga qonunchilikda va emitentning ta'sis hujjatlarida belgilangan tartibda investitsiyalarni amalga oshirishga; qimmatli qog'ozlar bozorida o'z xizmatlarini taklif etayotgan qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilaridan o'zlari to'g'risidagi axborotni ushbu Qonunga muvofiq talab qilishga ham haqli. Qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilari qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonunchilik talablariga va qimmatli qog'ozlar bozorida o'zlari tuzgan shartnomalar shartlariga rioya etishi shart. Qimmatli qog'ozlar bozorining ishtirokchilari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo'lishi va ularning zimmasida o'zga majburiyatlar bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.