Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi:
investorlarning, qimmatli qog'ozlar egalarining hamda davlatning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat boji to'lamasdan sudda da'vo qo'zg'atishga;
qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi aniqlangan taqdirda qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchisining faoliyati to'xtab qolishiga sabab bo'lmaydigan ayrim operatsiyalarini o'z vakolatlari doirasida to'xtatib turishga;
davlat boshqaruvi organlaridan, qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilaridan axborot va hujjatlarni o'z vakolatlari doirasida so'rash hamda olishga;
qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni qo'shib olib borish tartibini belgilashga;
qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlarni hisobga olishning, qimmatli qog'ozlar savdolari va qimmatli qog'ozlarga doir bitimlarga hisob-kitob-kliring xizmati ko'rsatishning yagona tizimini yaratish bo'yicha davlat tomonidan tashkil etiladigan korxona faoliyatining tartibini belgilashga;
Qimmatli qog'ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti a'zolari bo'lgan boshqa davlatlarning qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli organlari bilan maxfiy va boshqa turdagi axborotni belgilangan tartibda ayirboshlashga haqli.
Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn56-modda. Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organining huquqlari
(56-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.