Bila turib yolg'on ma'lumotlarni qasddan tarqatish, taraflarning majburiyatlari bir shaxs hisobidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab bajariladigan qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar tuzish, shuningdek qimmatli qog'ozning narxi xususida chalg'itish maqsadida boshqa harakat sodir etish va bularning natijasida qimmatli qog'ozlar narxining, ularga bo'lgan talabning, taklifning yoki qimmatli qog'ozlar savdosi hajmining bunday harakatlarsiz shakllanadigan darajadan o'zgarishi yoki bunday harakatlarsiz shakllanadigan darajadan farq qiladigan darajada ushlab turilishi qimmatli qog'ozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish jumlasiga kiradi.
Market-meyker tomonidan muayyan qimmatli qog'ozlarga bo'lgan narxlar, talab va taklif darajasini ushlab turish uchun qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar tuzish qimmatli qog'ozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish hisoblanmaydi.
Qimmatli qog'ozlarning ushbu modda birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar inobatga olinmagan holda shakllanishi mumkin bo'lgan narxi, ularga bo'lgan talab, taklif yoki ularning savdosi hajmiga nisbatan qimmatli qog'ozlar narxining, ularga bo'lgan talab, taklifning yoki qimmatli qog'ozlar savdosi hajmining jiddiy ravishda o'zgarishi mezonlari qimmatli qog'ozlar savdosining tashkilotchisi tomonidan qimmatli qog'ozlarning turi, likvidliligi va (yoki) bozor qiymatiga qarab belgilanadi.
Qimmatli qog'ozlarni olish yoki realizatsiya qilish uchun oshkor qilinmagan (tarqatilmagan) va oshkor qilinishi (tarqatilishi) qimmatli qog'ozlar qiymatining o'zgarishiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lganligi tufayli qimmatli qog'ozlar bozorining bir ishtirokchisiga boshqasiga nisbatan ustunlik berishi mumkin bo'lgan axborotdan foydalanish qimmatli qog'ozlar bozorida insayder axborotdan foydalanish jumlasiga kiradi.
Qimmatli qog'ozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish va insayder axborotdan foydalanish alomatlari qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan aniqlanadi.
Qimmatli qog'ozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish va insayder axborotdan foydalanish fakti, shuningdek mazkur g'ayrihuquqiy harakatlarga aloqador shaxslarni javobgarlikka tortish chorasi sud tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn54-modda. Qimmatli qog'ozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish va insayder axborotdan foydalanish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.