Law on the Securities Market

50-modda. Qimmatli qog'ozlar bozorida maxfiy axborotni oshkor qilish

(50-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 декабрдаги ЎРҚ-1102-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.12.2025 й., 03/25/1102/1173-сон)

Qimmatli qog'ozlar bozorida maxfiy axborotni oshkor qilish qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi. Mijozlarning hisobvaraqlari bo'yicha ma'lumotlar — ularning o'zlariga yoki vakillariga, o'z vakolatlariga taalluqli masalalar yuzasidan — monopoliyaga qarshi davlat organiga, davlat soliq xizmati organlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga va «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga, sudlarga, qo'zg'atilgan jinoyat ishi bo'lgan taqdirda esa, tergov va surishtiruv organlariga beriladi. Mijozlarning — jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari bo'yicha ma'lumotlar ularning egalari vafot etgan taqdirda, merosxo'rlarga yoki hisobvaraqning egasi ko'rsatgan shaxslarga, o'z ish yurituvidagi meros ishlari yuzasidan notarial idoralarga beriladi, chet el fuqarolariga nisbatan esa chet davlatning konsullik muassasalariga beriladi. Birja bitimining mazmuni haqidagi axborot sudlarga taqdim etiladi, tergov va surishtiruv organlariga esa qo'zg'atilgan jinoyat ishi mavjud bo'lgan taqdirda taqdim etiladi. Maxfiy axborot qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organiga quyidagi hollarda: u qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi faktlarini ko'rib chiqayotganda; u Qimmatli qog'ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti a'zolari bo'lgan boshqa davlatlarning qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli organlariga ularning yozma so'roviga ko'ra axborot berganda oshkor qilinadi. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog'liq maxfiy axborot qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.