Law on the Securities Market

47-modda. Axborotning qimmatli qog'ozlar egasi tomonidan oshkor qilinishi

Qimmatli qog'ozlar egasi emitent qimmatli qog'ozlari har qanday turining 35 va undan ortiq foizini olganligi haqidagi axborotni oshkor etishi shart. Aktsiyalar egasi mustaqil ravishda yoki affillangan shaxslar bilan birgalikda bir yoki bir nechta bitim tuzish natijasida aktsiyadorlik jamiyati aktsiyalarining mazkur aktsiyadorlik jamiyati ustav kapitalining jami 20 va undan ortiq foizini tashkil etuvchi aktsiyalar paketini olganligi haqidagi axborotni oshkor etishi shart. Qimmatli qog'ozlar egalarining axborotni oshkor etishi tartibi va muddatlari qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.