Law on the Securities Market

38-modda. Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi

(38-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1057-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.04.2025 й., 03/25/1057/0351-сон)

Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi aktsiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi hamda o'z faoliyatini xizmatlar ko'rsatishdan olingan daromadlar va boshqa tushumlar hisobidan amalga oshiradi. Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi xizmatlari uchun tariflarning miqdorlari jamiyat ustavida belgilangan uning vakolatli boshqaruv organi tomonidan qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining qimmatli qog'ozlarni hisobga qo'yish, ularni hisobga olish va saqlash, shuningdek qimmatli qog'ozlar bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasidagi faoliyati qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan, qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar natijalari bo'yicha pul mablag'lari hisob-kitoblariga oid faoliyati esa O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tartibga solinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.