Law on the Securities Market

36-modda. Qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlarni hisobga olishni tashkil etish

(36-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 29 октябрдаги ЎРҚ-726-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.10.2021 й., 03/21/726/1001-сон)

Qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlarni hisobga olish qimmatli qog'ozlar egalarining Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysida, investitsiya vositachisida va (yoki) chet ellik nominal saqlovchida ochiladigan depo hisobvaraqlarida amalga oshiriladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. Investitsiya vositachisi va chet ellik nominal saqlovchi o'z mijozlarining hisobvaraqlarida ularning Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysidagi hisobvaraqlarida jamlab hisobga olib boriladigan hujjatsiz qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlari hisobini yuritadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.