Law on the Securities Market

18-modda. Qimmatli qog'ozlar muomalasi

(18-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 5 февралдаги ЎРҚ-1117-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2026 й., 03/26/1117/0116-сон)

Qimmatli qog'ozlar muomalasi qimmatli qog'ozlar bozorida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bitimlar tuzish orqali amalga oshiriladi. Bunda aktsiyalarning oldi-sotdi bitimlari qimmatli qog'ozlarning uyushgan savdosida amalga oshiriladi, bundan aktsiyalarning aktsiyadorlar tomonidan imtiyozli huquq asosida sotib olinishi yoki aktsiyadorlarning talabiga ko'ra aktsiyadorlik jamiyati tomonidan qaytarib sotib olinishi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilangan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.