Law on the Securities Market

12-modda. Emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilishini to'xtatib turish, emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilishini amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topish

(12-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1057-сонли Қонунига асосан учинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.04.2025 й., 03/25/1057/0351-сон)

Emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishi: emissiya jarayonida qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonunchilik talablari emitent tomonidan buzilganligi aniqlanganda, shuningdek emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilishi haqida e'lon qilingan axborotda noto'g'ri ma'lumotlar aniqlangan taqdirda ular bartaraf etilguniga qadar to'xtatib turiladi; qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan axborot va hisobotlar bir yil ichida ikki va undan ortiq marotaba o'z vaqtida oshkor etilmagan taqdirda, bartaraf etilguniga qadar to'xtatib turiladi; ularning chiqarilishini to'xtatib turishga olib kelgan qoidabuzarliklar emitent tomonidan bartaraf etilmagan, shuningdek mazkur chiqarilishdagi qimmatli qog'ozlarning 60 foizdan kam qismi chiqarish to'g'risidagi qarorda belgilangan muddatda xususiy joylashtirilgan taqdirda amalga oshmagan deb topiladi; sudning tegishli qarori mavjud bo'lgan taqdirda haqiqiy emas deb topiladi. Emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, mazkur chiqarilishning barcha qimmatli qog'ozlari muomaladan olinishi lozim, amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishini joylashtirishdan emitent olgan mablag'lar esa qonunchilikda belgilangan tartibda egalariga qaytarilishi kerak. Emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishini amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topish va mablag'larni egalariga qaytarish bilan bog'liq chiqimlarning o'rni emitent hisobidan qoplanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.