Emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazishda emitent mazkur chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog'ozlar nominal qiymatining 0,01 foizi miqdorida O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga yig'im to'laydi.
Ilgari ro'yxatdan o'tkazilgan chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning nominal qiymati oshirilgan taqdirda, emitent mazkur chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog'ozlar nominal qiymati oshgan summasining 0,01 foizi miqdorida O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga yig'im to'laydi.
Emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni davlat ro'yxatidan o'tkazganlik uchun yig'im quyidagi hollarda undirilmaydi:
infratuzilma obligatsiyalari va optsion chiqarilgan taqdirda;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda.
lex.uz’dagi asl matn10-modda. Emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazganlik uchun yig'im
(10-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1057-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.04.2025 й., 03/25/1057/0351-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.