«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun

9-modda. Imtiyozli shartlardagi pensiyalar

(9-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro'yxatlarga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bo'ladilar, chunonchi: Yoshidan qat'i nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli ro'yxati; Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko'rsatkichlarning 2-sonli ro'yxati; Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va ko'rsatkichlarning 3-sonli ro'yxati. Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogironligi bo'lgan farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.