«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun

63-modda. Pensionerning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiyani to'lash

(63-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 19 майдаги ЎРҚ-1066-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.05.2025 й., 03/25/1066/0454-сон)

Pensioner olishi lozim bo'lgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli meros tarkibiga kiritilmasdan boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi bilan ta'minlanadigan shaxslar (19, 20-moddalar) doirasiga kiruvchi oila a'zolariga to'lanadi. Ota-onasi, eri (xotini), shuningdek pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turgan oila a'zolari bu pulni, ular boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi bilan ta'minlanadiganlar doirasiga kirmaganlari taqdirida ham olish huquqiga ega bo'ladilar. Pensioner vafot etgan oy uchun olinmay qolgan pensiya puli ko'rsatib o'tilgan oila a'zolariga ushbu oy uchun to'liq to'lanadi. Oilaning bir necha a'zosi murojaat etgan taqdirda pensiyaning ularga tegishli summasi ularning o'rtasida teng taqsimlanadi. Pensionerning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli pensioner vafot etganidan keyin oltmish kun ichida uni olish uchun murojaat etilgan taqdirda to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.