«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun

43¹-modda. Fuqaroning murojaatini talab etmagan xolda (proaktiv shaklda) pensiya tayinlash tartibi

(43¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 19 майдаги ЎРҚ-1066-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.05.2025 й., 03/25/1066/0454-сон)

Ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga to'lgan fuqarolarga yoshga doir pensiya ulardan murojaat talab etilmagan holda (proaktiv shaklda) tayinlanadi. Bunda fuqaroning yoshga doir pensiyaga bo'lgan huquqi ushbu Qonunda belgilangan shartlar va normalarga muvofiq axborot tizimlaridan olingan ma'lumotlarga asosan aniqlanadi. Fuqaroning pensiyaga bo'lgan huquqini aniqlashda pensiyaning miqdori hisob-kitob qilinadi va pensiya tayinlanadi. Agar fuqaro uning murojaatisiz (proaktiv shaklda) tayinlangan pensiya miqdoridan norozi bo'lsa yoki mehnat faoliyatini davom ettirish va keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirsa, u tayinlangan yoshga doir pensiyani rad etish huquqiga ega. Bunda fuqaro xabarnomani olgan kundan e'tiboran o'n kun ichida Pensiya jamg'armasi bo'limiga ariza bilan yoxud O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazi yoki O'zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali so'rovnoma to'ldirilgan holda murojaat qilishi kerak. Fuqaroning murojaatini talab etmagan holda (proaktiv shaklda) pensiya tayinlashning imkoni bo'lmagan hollarda, pensiya fuqaroning murojaatiga asosan tayinlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.