«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun

30-modda. Ustama haqlarni hisoblab chiqarish shartlari

(30-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 26 октябрдаги ЎРҚ-795-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.10.2022 й., 03/22/795/0963-сон)

Ustama haqlar tayinlanayotgan pensiyaning turidan qat'i nazar qo'shib hisoblanadi. Pensiya so'rab murojaat etgan kishilarga ushbu Qonunning 28-moddaning «a» yoki «b» bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning «i» — «m» bandlarida ko'rsatilgan ustama haqlardan biri qo'shib hisoblanadi. Pensiya so'rab murojaat etgan kishining tanlovi bo'yicha ushbu Qonunning 28-moddasi «g», «d» yoki «ye» bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning «j» — «m» bandlarida ko'rsatilgan ustama haqlardan biri qo'shib hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.