«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun

29-modda. Ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi pensiyani hisoblab chiqarish

(29-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 18 мартдаги ЎРҚ-922-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.03.2024 й., 03/24/922/0224-сон)

Ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi pensiyalar (8, 18 va 22-moddalar) bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi. Ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi pensiyalar: yoshga doir pensiyalar uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan; I guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan; II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 75 foizidan; oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a'zosiga boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan; ham otasi, ham onasidan judo bo'lgan (chin yetim) har bir bolaga boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam bo'lmasligi lozim. Ish staji to'liq bo'lmaganda pensiyaning miqdori rasman belgilangan eng kam iste'mol xarajatlaridan oz bo'lishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.