Ushbu Qonun bilan pensiyalarning quyidagi tayanch miqdorlari belgilanadi:
a) yoshga doir pensiya uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun (31 va 33-moddalar) olinadigan o'rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin rasmiy belgilangan yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida;
b) I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o'rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida;
g) oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a'zosiga boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o'rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 50 foizi miqdorida;
d) ota-onasidan judo bo'lgan (chin yetim) bolalarga yoki vafot etgan yolg'iz onaning bolalariga, har bir bolaga boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o'rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun
26-modda. Pensiyalarning tayanch miqdorlari
(26-модданинг «б» кичик банди Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.