«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun

10-modda. Yoshidan qat'i nazar imtiyozli pensiya olish huquqi

Yoshidan qat'i nazar, quyidagilar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo'ladilar: a) kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari bo'lgan xodimlar — basharti, ular ana shu ishlarda kamida 20 yil ishlagan bo'lsalar (1-sonli ro'yxat, I qism); b) bevosita yerosti va ochiq kon ishlarida (shu jumladan, kon-qutqaruv qismlarining shaxsiy tarkibi) ko'mir, ma'danlar va boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida to'liq ish kuni davomida band bo'lgan xodimlar — basharti, ular ana shu ishlarda kamida 25 yil ishlagan bo'lsalar (1-sonli ro'yxat, II qism); v) uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, ular xizmat qilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning idoraviy bo'ysunuvidan qat'i nazar, belgilangan xizmat muddatini ana shu lavozimlarda erkaklar kamida 25 yil va ayollar kamida 20 yil ado etganlari taqdirda (1-sonli ro'yxat, III qism). Yuqorida qayd etib o'tilgan xodimlar salomatligiga (kasalligiga) ko'ra uchish ishlaridan bo'shatilgan taqdirda, belgilangan xizmat muddatini — erkaklar kamida 20 yil va ayollar kamida 15 yil ado etgan bo'lsalar; g) teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari: ijodiy ish staji kamida 20 yil bo'lganda (1-sonli ro'yxat, IV qism); ijodiy ish staji kamida 25 yil bo'lganda (1-sonli ro'yxat, V qism); ijodiy ish staji kamida 30 yil bo'lganda (1-sonli ro'yxat,VI qism); d) sportchilarning ayrim toifalari — ish staji kamida 20 yil bo'lganda (1-sonli ro'yxat, VII qism).
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.