Compulsory motor insurance rules (Cabinet Resolution No. 141, 2008)

Q4-band. Q4-band

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg'armaning kuzatuv kengashi, sug'urtalovchilar bilan birgalikda ikki hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin: 2008 yil 21 oktyabrgacha bo'lgan muddatda majburiy sug'urta qilishni amalga oshiruvchi sug'urtalovchilar bilan o'z faoliyatini sug'urta qilish faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlashtirish, shuningdek 2008 yil 22 oktyabrdan boshlab o'z faoliyatini ko'rsatib o'tilgan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlashtirmagan sug'urtalovchilar litsenziyalarining amal qilishini belgilangan tartibda to'xtatish; Jamg'armaning davlat ro'yxatidan o'tkazilishini ta'minlash, Jamg'arma direktsiyasini joylashtirish hamda uni zarur aloqa texnikasi va vositalari bilan jihozlash, Jamg'arma tomonidan majburiy sug'urta qilishni amalga oshiruvchi barcha sug'urtalovchilar bilan yozma bitimlar tuzish, shuningdek Jamg'arma tomonidan 2008 yil 21 oktyabrgacha o'ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur hajmdagi mablag'larni shakllantirish; respublikaning barcha hududlarida majburiy sug'urta qilishni tashkil etish uchun sug'urtalovchilar filiallarining va boshqa alohida bo'linmalarining keng shoxobchalarini tashkil etish; ommaviy axborot vositalari orqali majburiy sug'urta qilishning joriy etilayotgan tartibi to'g'risida keng tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek sug'urtalovchilar xodimlari uchun o'quv kurslari va seminarlar tashkil etish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.