Majburiy sug'urta shartnomasi ommaviy hisoblanadi va 1 yil muddatga tuziladi, ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Transport vositasi olinganda (sotib olinganda, meros qilib olinganda, hadyaga olinganda va shu kabilar) uning egasi transport vositasini ro'yxatdan o'tkazish joyiga borish muddatiga majburiy sug'urta shartnomasini tuzishga haqlidir.
Transport vositasidan mavsumiy foydalanishda uning egasi undan foydalanish davridan iborat muddatga majburiy sug'urta shartnomasini tuzish huquqiga ega. Bunda ko'rsatib o'tilgan muddat kalendar yilda olti oydan kam bo'lishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matnCompulsory motor insurance rules (Cabinet Resolution No. 141, 2008)
I2-9-band. II. Majburiy sug'urta shartnomasini tuzish, o'zgartirish va muddatidan oldin to'xtatish tartibi — I2-9-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.