Compulsory motor insurance rules (Cabinet Resolution No. 141, 2008)

I2-71-band. VII. Sug'urta tovonini to'lash — I2-71-band

Jabrlanuvchining hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash hisobiga To'lovlarni kafolatlash jamg'armasidan kompensatsiya to'lovi majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta to'lovi quyidagilar oqibatida to'lanishi mumkin bo'lmagan hollarda amalga oshiriladi: sug'urtalovchiga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo'llanilganligi; jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsning noma'lumligi; noqonuniy yo'l bilan transport vositasini egallagan shaxs tomonidan transport vositasidan foydalanish natijasida zarar yetkazilishi; foydalanilayotganda zarar yetkazgan transport vositasining egasi o'z fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish bo'yicha majburiyatini bajarmaganligi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.